Messining futbolkasi auksionda katta summaga sotildi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi futbolchilarning so‘nggi o‘yinlarda kiygan futbolkalarini auksionga qo‘ydi.

Qayd etilishicha, Parij klubining 17 nafar futbolchisi kiyimi auksionda sotilgan. Jumladan, argentinalik hujumchi Lionel Messining “Anje”ga qarshi o‘yinda kiygan formasi xitoylik muxlis tomonidan salkam 44 ming yevroga xarid qilindi.

Auksion doirasida klub hujumchisi Killian Mbappening ham futbolkasi kattagina summaga pullandi. Futbolchining “Lans” hamda “Strasburg” jamoalariga qarshi uchrashuvlarda kiygan kiyimlari 15 ming yevro atrofida sotildi.

Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatida ortda qolgan 19 ta turdan so‘ng PSJ 47 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing