Messining Fransiya chempionatidagi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

Sport

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubining 34 yoshli yulduzi, argentinalik hujumchi Lionel Messi Fransiya 1-ligasi futbolchilari orasida bir nechta statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda jurnalist  Statman Dave Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

E’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Messi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 22 ta o‘yinda qatnashib, 1793 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda Leo 215 ta uzatmani amalga oshirib, hujumni raqibning darvozasigacha tomon kamida 10 metr oldinga siljitgan. Shuningdek, Messi jarima maydonchasi ichiga 76 ta uzatma va 18 ta kesishgan uzatma amalga oshirgan. Ushbu uchta ko‘rsatkich bo‘yicha 34 yoshli argentinalik daho liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

Shu bilan birga, Lionel 13 ta golli uzatma bilan chempionatda ikkinchi o‘rinda bormoqda. U 90 daqiqada o‘rtacha 0,86 golli uzatma amalga oshiradi. Bu ham Liga 1 ning ushbu mavsumidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Umuman olganda, Messi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Argentinalik iqtidor egasi yana bir PSJda qoladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, Messi Fransiya chempionati keyngi mavsumini yondirib berishi mumkin. 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya chempionati Messining ko'rsatkichlari

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing