Mbappe Fransiya chempionatining lideriga aylanmoqda

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan “Anje”ga qarshi o‘yinda (2:1) 2 ta gol urdi va Liga 1 to‘purarlari poygasining yaqqol peshqadamiga aylandi.

Mbappe Fransiya chempionatining joriy mavsumida 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. To‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinda “Lill” hujumchisi Jonatan Devid bormoqda. Uning hisobida 20 gol va 4 golli uzatma mavjud.

Kechagi o‘yin oldidan Mbappe va David joriy mavsumda 20 ta gol urib, turnir to‘purarlari ro‘yxatida qo‘shhokimlik qilayotgandi.

Mbappe chempionat to‘purarligida yetakchi bo‘lishdan tashqari yana bir individual muvaffaqiyatga erishdi — hujumchi chempionatda 214 ta foydali harakat qayd etdi (157 ta gol va 57 ta golli uzatma). Bu bo‘yicha Kilian Dimitriy Payetga tegishli bo‘lgan Fransiya chempionatining XXI asrdagi rekordini takrorladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya chempionati Mbappe.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing