Messining dubli “Inter Mayami”ni Ligalar kubogi finaliga olib chiqdi

Sport

image

Bugun, 28 avgust kuni tongda Amerika Liga kubogi yarim final doirasida “Inter Mayami” va “Orlando Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda Messining dubli evaziga “Inter Mayami” klubi “Orlando Siti” jamosini 3:1 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Marko Pashalich “Orlando Siti” jamoasini oldinga olib chiqdi. 77-daqiqada Messining penaltidan kiritgan goli hisobni tenglashtirdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, argentinalik yulduz Jordi Alba bilan chiroyli kombinatsiyani yakunlab, “Inter Mayami”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Yakuniy 3-golni esa Telasko Segoviya qo‘shib berilgan 90+1 daqiqada o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Bu natija finaldan tashqari, “Inter Mayami” jamoasiga KONKAKAF Chempionlar ligasi yo‘llanmasini ham taqdim etdi.

O‘yin keskin kurashlarga boy bo‘ldi. “Orlando Siti” jamoasi himoyachisi David Brekaloga ikkinchi  sariq orqali  qizil kartochka ko‘rsatildi. O‘yindan so‘ng murabbiy Oskar Parexa hakamlik qarorlaridan norozi ekanligini aytib o‘tdi.

“Leo haqida so‘z topish qiyin. Atigi ikki-uch kun mashg‘ulot o‘tkazib, 90 daqiqa maydonda to‘liq o‘ynadi, gollar urdi va vaziyatlar yaratdi. Bu biz va muxlislar uchun sharaf”,  dedi “Inter Mayami” jamoasining yordamchi murabbiy Xaver Morales.

Ma’lumot uchun, final “Inter Mayami” “ Sietl Saunders ” klublari  o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Final bahsi joriy yilning 1-sentyabr kuni “Lyumen Fild ” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Inter Mayami” klubi ushbu sovrinni 2022 yilda qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing