Messining hashamatli uyiga “snos” xavf solyapti

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentina terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi Ibitsada (Ispaniyadagi orollardan biri) ko‘chmas mulk bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Bu haqda “Marca” nashri yozmoda.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi Ibitsadan 11 million yevroga  16 000 kvadrat metrlik qimmatbaho uy sotib olgan. Ammo ma’lum bo‘lishicha, bu binoda qurilish litsenziyasi yo‘q.

Ta’kidlanshicha, uyning avvalgi egalari tegishli ruxsatnomasiz uyni kengaytirishga qaror qilishgan. Shunday qilib, ular zarur litsenziyaga ega bo‘lmagan holda ikkita bino qurishgan. Aynan mana shu fakt Messiga muammo tug‘dirgan. Messi bu o‘zgarishlar tufayli qurilish litsenziyasi va hech qanday hujjatsiz ko‘chmas mulkka egalik qilyapti.

Hozirda futbolchi ayrim hujjatlarni advokatlariga topshirishga qaror qilgan. Shuningdek, 35 yoshli futbolchiga ushbu muammoning yakuniy yechimi noqonuniy qurilgan binolarning buzilishi bilan tugashi mumkinligi haqida xabar qilingan.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi joriy mavsumda PSJ safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ

Baholaganlar

887

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing