Messini jarohatlar qiynamoqda

Sport

image

Argentinalik forvard Lionel Messi “Barselona”ning kechagi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi, deya xabar beradi AS.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi qornining pastki qismida og‘riq xis etmoqda. U terma jamoa safida Marokashga qarshi o‘rtoqlik bahsini ham mazkur sabab tufayli o‘tkazib yuborgandi. O‘tgan yilning dekabridan buyon Messi og‘riq bilan o‘ynab kelmoqda. Shuningdek, futbolchining o‘ng oyog‘ida ham kichik jarohat bor. Hozircha jarohatlarning qay darajada jiddiy ekanligi ma’lum emas.

Shu tufayli, 31 yoshli hujumchi mashqlarni ochiq maydonda emas trenajyor zalida individual tarzda o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing