Messiga intizomiy chora ko‘riladi

Sport

image

PSJ sport direktori Luish Kampush hujumchi Lionel Messiga Saudiya Arabistoniga safari tufayli intizomiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. 

Joriy yilning 2 may kuni kechqurun Kampush Messiga qo‘ng‘iroq qilib, intizomiy ish boshlanganini ma’lum qilgan. Hujumchi Saudiya Arabistoniga jamoa mashg‘ulotlari vaqtida rahbariyat ruxsatisiz safar qilgani uchun ikki haftaga diskvalifikatsiya qilindi.

Messi Saudiya Arabistonida bo‘lgani uchun 1 may, dushanba kuni ertalab PSJ mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi. Dastlab, safar PSJ rahbariyati bilan kelishilgan edi, ammo Fransiya chempionatining 33-turi doirasidagi o‘yinda (1:3) “Loryan”dan uchralgan mag‘lubiyat tufayli dushanba kuni mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilangandi. Messi o‘z rejalarini bekor qila olmadi. Futbolchi Saudiya Arabistonining turizm elchisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing