Messi JCH finalini o‘tkazib yuboradimi?
Sport
−
16 dekabr 2022
19069Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining final bahsiga atigi ikki kun qoldi. Finalga chiqqan Fransiya va Argentina terma jamoalari hozirda uchrashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi so‘nggi mashg‘ulotlarda qatnashmagan. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Xorvatiyaga qarshi yarim final uchrashuvida (3:0) Messi chap oyog‘ida og‘riq his qildi, biroq o‘yindan keyin bergan intervyusida Argentina yetakchisi sog‘lig‘ida hammasi joyida ekanligini aytgan. Lionelning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi hozircha noma’lum, ammo Messi JCH finalida o‘ynashini ta’kidlagan.
Jahon chempionati finali 18 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
LiveBarchasi