Messi jarohatidan forig‘ bo‘ldi (video)
Sport
−
03 aprel
1627Argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messi “Inter Mayami”ning umumiy guruhida mashg‘ulotlarni davom ettirdi. 2 aprel kuni argentinalik futbolchi jamoadoshlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.
Messi mushaklaridagi jarohat tufayli jamoasining MLSdagi so‘nggi to‘rtta o‘yinini, shuningdek, Argentina terma jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi. U oxirgi marta 3 mart kuni maydonga tushgandi.
Ushbu mavsumda sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi “Inter Mayami” safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
4 aprel, payshanba kuni “Inter Mayami” KONKAKAF Chempionlar kubogining birinchi chorak final uchrashuvini “Monterrey”ga qarshi o‘tkazadi. 37 yoshli futbolchi mazkur uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.