Telegram
Birinchi biling!
Sport
−
02 mart
45567 karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi Argentina terma jamoasi futbolchilari uchun 35 ta tilla bilan bezatilgan iPhone sotib oldi. Bu haqda telefonlarni bezash bilan shug‘ullanuvchi “Indesign Gold” kompaniyasi rahbari Benjamin Lyon ma’lum qildi.
“Leo Messiga 35 ta oltin iPhone 14 yetkazib berish biz uchun sharaf. Messi sovg‘alarni jamoadoshlari va murabbiylar shtabiga Jahon chempionati finalida g‘alaba qozongani uchun bermoqchi”, deydi Lyon.
Eslatib o‘tamiz, Messi 28 fevral kuni FIFA tomonidan “The Best” mukofoti bilan taqdirlandi. Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni esa eng yaxshi murabbiy deb e’tirof etildi.
LiveBarchasi