Messi Yevropaga qaytmaydi

Sport

image

“Inter Mayami” hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi bilan yangi kelishuv 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun shartnomasini uzaytirishga qaror qildi. Yangi kelishuv, shuningdek, futbolchining 2025 yilning oxiri va 2026 yilning boshigacha, MLSda o‘yinlar o‘tkazilmaganida, Yevropa klubiga ijaraga berilishiga ruxsat beruvchi bandni ham o‘z ichiga oladi.

Joriy mavsumda Messi o‘z jamoasi uchun barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning qishigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 37 yoshli futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing