Messi yana bir yil PSJda qoladi
Sport
−
23 dekabr 2022 3208 1 daqiqa
PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi 2022 yilgi Jahon chempionati vaqtida Messining otasi bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi. Uchrashuv davomida Messi joriy klubida yana bir mavsum qolishi haqida og‘zaki kelishuvga erishildi. Bu haqda "Relevo" nashri xabar berdi.
Oradan bir yarim yil o‘tgan bo‘lsa ham "Barselona" Prezidenti Laporta bilan Messining munosabatlari salbiy holatda qolmoqda.
Qolaversa, 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Messi yana Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish niyatida. Leo "Barselona"dan ko‘ra PSJda YeCHLda g‘olib bo‘lish imkoni ko‘proq deb o‘ylamoqda.
Avvalroq, Joan Laporta Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi masalasini muhokama qilmoqchi ekani xabar qilingandi. Argentinalik futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Live
Barchasi