Messi va Ronaldu imperiyasi quladimi yoxud “Oltin to‘p” kimga nasib qiladi?

Sport

image

Futbol jamoaviy o‘yin ekaniga qaramay, har bir futbolchi shaxsiy sovrinlarga erishishga harakat qiladi.

2021 yilgi futbol mavsumi tobora o‘z yakuniga yetib borayotgan bo‘lsa-da, yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lishi haqida turli xil taxminlar mavjud. Joriy yilda Yevropa chempionati va Amerika Kubogi o‘tkazildi. Tabiiyki, ushbu musobaqalar ham “Oltin to‘p” sohibi kim bo‘lishiga oydinlik kiritishda yordam beradi. Shuning uchun 2021 yilda ushbu sovrin kimga nasib etishi mumkinligi haqidagi natijalarni umumlashtirib olamiz.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili koronavirus tarqalishi sababli ushbu mukofot topshirilmagan edi. O‘shanda “Bavariya” futbolchisi Robert Levandovski sovrin uchun favorit edi. Joriy mavsumda bukmeykerlar Lionel Messining imkoniyati yuqori ekanini qayd etayotgan bo‘lsa-da, g‘oliblikka yaqqol da’vogar yo‘q.

10. Romelu Lukaku (“Chelsi”, Belgiya)

Belgiyalik hujumchi “Inter” safida Italiya chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, “Chelsi”ga o‘tdi va London klubining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. U “aristokratlar” tarkibida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bosh murabbiy Tomas Tuxelning ishonchini qozondi. Biroq, joriy yilning 20 oktyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi 3-turi doirasida “Malmyo”ga qarshi bahsda Lukaku jarohat oldi.

Bundan tashqari, Romelu Belgiya terma jamoasining haqiqiy yetakchisiga aylandi va “Oltin to‘p”ga da’vogarlar qatoridan joy oldi.

9. Kevin De Bryuyne (“Man Siti”, Belgiya)

De Bryuyne har doimgidek kuchli o‘nlikdan o‘rin egalladi. Ha, u Chempionlar ligasi yoki Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kirita olmadi, lekin shunga qaramay, Kevin individual mahoratning yuqori darajasini ko‘rsatishda davom etmoqda. O‘tgan mavsumda “Manchester Siti” safida 40 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol va 16 golli uzatmani amalga oshirgan. Qo‘shimchasiga uning hisobida Angliya chempionatining oltin medali ham bor.

8. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”, Portugaliya)

36 yoshli portugaliyalik futbolchi 18 yildirki, “Oltin to‘p” uchun kurashib keladi va gol urishda davom etmoqda. Masalan, Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar jadvalida Mishel Platinini ortda qoldirdi. Ammo “Yuventus” bilan faqatgina Italiya kubogini qo‘lga kiritdi va A seriyada kamtarona 4-o‘rin bilan kifoyalandi. Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatining nimchorak final bosqichida o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Gol urish bobida esa hammasi joyida. A seriya va Yevro-2020 turnirlarida hech bir futbolchi raqib darvozasini undan ko‘proq ishg‘ol etmadi. 

Joriy yilning 31 avgust kuni Krishtianu Ronaldu Turinning “Yuventus” klubidan “Manchester Yunayted”ga qaytdi. Forvard “qizil iblislar” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Shuningdek, APLda sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

7. Lorenso Insine (“Napoli”, Italiya)

Italiyalik futbolchi mukofot uchun asosiy da’vogarlar qatoriga yangi mavsum start olgach, kiritilgandi. Lorenso klubning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalettining o‘yin uslubiga juda mos tushdi va A seriya joriy mavsumida jamoasi birorta ochko yo‘qotmadi. Shuningdek, Italiya bilan birgalikda Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

6. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya)

Yevropa chempionati boshlanishidan avval, Mbappe “Oltin to‘p”ni yutish imkoniyatiga ega edi. Fransiya terma jamoasining asosiy yulduzi o‘z jamoasini finalga qadar “yetaklab borishi” kutilgandi, lekin... Kilian Shveysariyaga qarshi kechgan nimchorak final o‘yinida hal qiluvchi penaltidan gol ura olmagan va Fransiyaning mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lgan. Mavqeyi ancha past bo‘lsa-da vatandoshlari bilan Millatlar ligasida zafar quchdi.  PSJ bilan esa UEFA Chempionlar ligasining yarim final bosqichida “Manchester Siti” qarshiligini sindira olmadi.

Лuчший бомбардир finalьной сtaдии Лиги наций: Kilian Mbappe | Лиga наций  UЕФA | UEFA.com

Mbappe joriy yilning yozida “Real”ga o‘tishga yaqin kelgandi, biroq tomonlar transfer narxi masalasida bir to‘xtamga kela olmadi. U 2021-2022 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining 10 o‘yinida maydonga tushib, 5 gol va 4 golli uzatmani amlga oshirgan.

5. Ngolo Kante (“Chelsi”, Fransiya)

Fransiyalik yarim himoyachi 2020-2021 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, “Oltin to‘p”ga eng munosib futbolchilardan biri edi. U YeCHL yarim finalida ham, Chempionlar ligasi finalida ham uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Fransiya terma jamoasining Yevro-2020 dagi muvaffaqqiyatsiz ishtiroki esa, uning imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi.

4. Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha)

Polshalik hujumchi o‘tgan mavsumda afsonaviy Gerd Myullerning imkonsizdek tuyulgan rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi va Bundesligada 40 ta gol urishni uddaladi.

Afsuski, Levandovski faqatgina Germaniya chempionligi bilan cheklandi. “Bavariya” bilan Chempionlar ligasida chorak finaldayoq ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Polsha terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatining guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan to‘purar 2020 yilgi mavsumda “Oltin to‘p”ga eng munosib nomzod edi va koronavirus sababli bundan quruq qolib ketgandi.

3. Karim Benzema (“Real”, Fransiya)

Fransiyalik hujumchi mavsum avvalida kuchli o‘nlikdan o‘rin olmagandi. Joriy mavsumda u nafaqat Madrid klubining yetakchisi, balki butun Ispaniya chempionatining asosiy yulduziga aylandi. Hozirda Karim 9 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Shuningdek, uning hisobida 7 ta golli uzatma ham bor.

Напаdaющий «Realа» Karim Benzema заслuжил «Золотой мяч». Но выиграет  Lionel Messi благоdaря «PSJ» - Eurosport

Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, yana Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan Benzema Yevropa chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan bo‘lsa-da, UEFA Millatlar ligasida g‘olib bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, terma jamoa bosh murabbiyi Desham unga asosiy tarkibni ishonib topshirdi, chunki hujumchi jamoaning o‘yin uslubiga juda mos va doimiy ravishda gol urib kelmoqda. 

2. Lionel Messi (PSJ, Argentina)

34 yoshli futbolchi bu yil “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlardan biri. Argentinalik iqtidor egasi “Barselona”ni tark etib, erkin agent sifatida PSJga o‘tdi. Messi uchun PSJga moslashish qiyin kechayotgan bo‘lsa-da, asta-sekin gollar urib, yetakchilikni qo‘lga olishni boshladi.

Leo 2021 yilgi Amerika Kubogida eng yaxshi to‘purar, eng yaxshi assistent va eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va faoliyati davomida ilk bor Kopa Amerika oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Aynan shu omil evaziga Messining “Oltin to‘p”ni yutish imkoniyati keskin oshib ketdi. Bundan tashqari “o‘zga sayyoralik” hujumchi 30 ta gol urgan holda Ispaniya La ligasining eng yaxshi to‘purari sifatida tan olindi.

1. Jorjino (“Chelsi”, Italiya)

O‘tgan mavsumda Jorjino “Oltin to‘p” uchun kurashishi mumkinligiga hech kim ishonmas edi. Biroq, bu voqea haqiqatan ham sodir bo‘ldi. Yarim himoyachi mavsumni ajoyib sur’atda o‘tkazdi.

“Chelsi” tarkibida Chempionlar ligasi, Italiya terma jamoasi bilan esa Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldi. “Oltin to‘p” tashkilotchilari yirik turnirlarda g‘olib bo‘lgan yigitlarga sovrin topshirishni ma’qul, deb biladi. Demak, Jorjinoda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat bor.

Italiyalik futbolchi bunga qadar UEFA talqiniga ko‘ra, yilning “Eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi, bu esa uning imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Lekin, tashkilot va “France football” bir xil tamoyilga tayanmasligi tabiiy. Bu omil mukofot Jorjino uchun to‘liq kafolatlanmaganini ko‘rsatadi.

Masalan, 2019 yilgi mavsumda UEFA talqiniga ko‘ra, Virjil Van Deyk eng yaxshi futbolchi, deb topilgan edi. O‘shanda “Oltin to‘p” va FIFA’ning “The best” sovrini esa Lionel Messiga nasib qilgan. Biroq, 2018 yilda “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich Ronalduni ortda qoldirgan holda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini unutmaslik kerak.

Bu yakuniy xulosa emas, “Oltin to‘p” sovrini “France football” nashri tomonidan topshirilishi inobatga olinsa, “kimningdir” (topdingiz, bu – Benzema) imkoniyati yana-da ortib ketishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Oltin to'p Lukaku FIFA UEFA Levandovski Benzema Jorjin'o France football

Baholaganlar

273

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing