Messi o‘zi ko‘rgan futbolchilar orasida eng yaxshisi kim ekanligini aytdi
Sport
−
04 fevral 7951 1 daqiqa
Argentinalik afsonaviy futbolchi, 8 karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami” klubi futbolchisi Lionel Messi braziliyalik Ronaldoni hayoti davomida ko‘rgan eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi. Bu haqda Messi “Sport Bible” nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Ronaldo fenomen. Men ko‘rgan futbolchilar orasida u men uchun eng yaxshisi edi. Ronaldo o‘zining ajoyib tezligi, texnikasi va hujumlarni yakunlashi bilan mashhur edi”, deydi Messi.

Ma’lumot uchun, Ronaldo o‘zining katta faoliyatini “Kruzeyro”da boshlagan, keyin PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real Madrid” va “Milan”da o‘ynagan. Ronaldo ikki marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan (1997, 2002), shuningdek, ikki marta jahon chempioni (1994, 2002) bo‘lgan. 2002 yilgi mundialda u turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va Braziliyaning g‘alabasida muhim rol o‘ynadi. Faoliyati davomida u Amerika kubogi va Konfederatsiyalar kubogini ham qo‘lga kiritgan. Ronaldo faoliyatini 2011 yilda yakunlagan.