Messi o‘z tarixida o‘ttizinchi mamlakat darvozasiga gol kiritdi
Sport
−
06 iyun 2022 4434 1 daqiqa
Kecha, 5 iyun kuni Argentina terma jamoasi Estoniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Argentina termasining barcha gollariga Lionel Messi mualliflik qildi. Estoniya terma jamoasi Messi gol urgan o‘ttizinchi mamlakatga aylandi. Qayd etish joizki, Lionel Messi Argentina safida umumiy hisobda 51 ta milliy jamoaga qarshi maydonga tushgan.
Ma’lumot o‘rnida, Messi PSJga 2021 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Parij klubiga qadar Messi butun faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida o‘tkazgan.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025