Messi uchun milliard dollarlik shartnoma taklif qilishdi

Sport

image

Lionel Messining erkin agentga aylanishi badavlat jamoalar uchun ayni muddao bo‘ldi.

Gap shundaki, Qatarning “Al Saad” klubi argentinalik futbolchiga aqlbovar qilmas darajada ulkan maoshli shartnoma taklif qildi. 

“Barselona” sobiq futbolchisi Xavi Ernandes murabbiyligidagi klub Messining xizmatlaridan foydalanish uchun, bir milliard yevro va uch yillik shartnoma tayyorlab qo‘ygan. Agar argentinalik futbolchi taklifni qabul qilsa, hozirgi yillik daromadiga qaraganda 3 barobar ko‘p mablag‘ga ega bo‘ladi.

Biroq, “Pari Sen-Jermen” murabbiyi Maurisio Pochettino Messini erkin agent sifatida Parijga olib kelinayotganini va boshqaruv kengashi barcha vaziyatlarni hisobga olishga harakat qilayotganini tasdiqladi.

Messi Kataloniyada maoshi kamayishiga rozi bo‘lsada, moliyaviy muammolar va Ispaniya futbol uyushmasining moliyaviy cheklovlari sababli “Barsa”ning o‘zi bunga qodir emas.

Avvalroq, Lionel Messi PSJda 50 million yevro maoshga ega bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi Al Saad Xavi Ernandes Milliard dollarlik shartnoma

Baholaganlar

522

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing