Messi 3-marta FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi
Sport
−
28 fevral 2023 5916 1 daqiqa
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida uchinchi marta FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Hozirgacha hujumchi 2009 va 2019 yillarda ushbu sovrin bilan taqdirlangan. Shuningdek, ikki fransuz forvardi ham sovringa da’vogar bo‘ldi: Messining PSJdagi jamoadoshi Kilian Mbappe va “Real Madrid” futbolchisi Karim Benzema.
Messi Argentina terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida janubiy amerikaliklar Fransiyani dramatik bahsda mag‘lub etdi (3:3, 4:2 pen.).
Argentinalik futbolchi yetti marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan va Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
FIFA marosimida Argentina terma jamoasining boshqa vakillari ham taqdirlandi – Emiliano Martines yilning eng yaxshi darvozaboni, Lionel Skaloni esa eng yaxshi murabbiy deb topildi.
Live
Barchasi