Messi sabab Argentina – O‘zbekiston o‘yini bekor qilinishi mumkin
Sport
−
12:00 762 1 daqiqa
Lionel Messining maydonga tushishi kafolatlanmagani bois Argentina terma jamoasining Xitoyda O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Argentina milliy terma jamoasiga joriy yilning sentyabr oyida Xitoyda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha taklif kelib tushgan. Biroq xitoylik tashkilotchilarning dastlabki taklifi rad etilgan, chunki ular Lionel Messining uchrashuvda majburiy ravishda ishtirok etishini talab qilgan.
Nashrning xabar berishicha, tomonlar muzokaralarni qayta boshlagan, ammo Messining o‘yinda maydonga tushishi hali ham noma’lumligicha qolmoqda. 39 yoshli futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashni o‘ylayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Argentina joriy yilning 30 sentyabr kuni Xitoyda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kutilmoqda. Jamoaning ikkinchi ehtimoliy raqibi hozircha aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyda Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi. Biroq bu xabar hali rasman tasdiqlanmagan.
Live
Barchasi