18 yaşar futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi
Sport
−
18:19 504 1 daqiqa
Argentinalik futbolçi Abel Nunes öyin vaqtida boşiga töp tegişi oqibatida miya jarohatini oldi va 18 yoşida vafot etdi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy ma’lum qildi.
“Abel Nunesning vafoti munosabati bilan çuqur qayğudamiz. Uşbu oğir damlarda uning oilasi, döstlari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Joyi jannatda bölsin”, deb yozdi Tapia.
“TyC Sports” naşrining xabar berişiça, fojia joriy yilning 12 noyabr kuni yoşlar örtasidagi turnirning beşinçi divizioni doirasidagi uçraşuvda sodir bölgan. Nunesning boşiga töp tegişi oqibatida u huşini yöqotgan.
Futbolçiga voqea joyida birinçi yordam körsatilgan va keyin şifoxonaga olib ketilgan. U yerda jarrohlik amaliyoti ötkazilganiga qaramay, uning ahvoli yaxşilanmagan. Şifokorlar keça, 15 noyabr kuni futbolçining vafot etganini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniya çempionatining ikkinçi divizionida iştirok etuvçi “Tenerife” klubi hujumçisi Xesus de Migel raqibga qarşi jiddiy töqnaşuvdan söng vafot etgandi.
Live
Barchasi