Messi Ronaldu bilan raqobatini “buyuk jang” deb atadi

Sport

image

2022/2023 yilgi mavsum yakuni bo‘yicha “Oltin to‘p” mukofoti sovrindori Lionel Messi portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan uzoq yillik raqobatini “buyuk jang” deb atadi. Bu haqda u “L’Equipe” nashriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi

“Sport nuqtai nazaridan bu buyuk jang edi. O‘ylaymanki, biz  yillar davomidagi raqobat orqali bir-birimizga foyda keltirdik, chunki ikkalamiz ham raqobat qilishni yaxshi ko‘ramiz. Ronalduning xohishi ham har doim hammani  mag‘lub etish bo‘lgan”, deydi futbolchi.

Argentinalik futbolchi shuningdek, bu davr ortiq takrorlanmasligi va endi barchasi shunchaki ajoyib tarixga aylanib borayotganiga shama qilib, hammasi uchun Ronaldu hamda “Klassiko” muxlislariga pinhona minnadorlik bildirgan.

“O‘ylashimcha biz ikkalamiz ham bu cho‘qqiga chiqishga va unda uzoq vaqtlar qolishga loyiq edik. Bu vaqt ichida qilgan ishlarimizning har birini qadri buyuk, chunki aytilganidek, cho‘qqiga chiqish oson, u yerda qolish qiyin. 

Aniq qancha vaqtligini bilmayman, ammo 10-15 yil cho‘qqida turdik va bu ancha qiyin bo‘ldi. Bu voqea futbolni sevadigan barcha muxlislar uchun ajoyib va takrorlanmas xotiraga aylanadi”, deydi Messi.

Ma’lumot uchun, “Inter Mayami” a’zosi faoliyatidagi 1-“Oltin to‘p”ga 2009 yili “Barselona” safida ega chiqqan. Shuningdek, Leo 2010, 2011, 2012, 2015, 2019 va 2021 yillarda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Oltin to'p

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing