Messi Ronaldinoni qamoqdan ozod qilishga yordam bermoqchi
Sport
−
10 mart 2020
19167Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi argentinalik Lionel Messi sobiq jamoadoshi braziliyalik Ronaldinoni qamoqdan ozod qilish uchun advokat yonladi.
Ronaldino soxta pasport bilan Paragvayga kirgani sabab, u mahalliy politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan. Xabar qilinishicha, tergov davomida Ronaldino va Roberto hibsda saqlanadi.
Tergov jarayoni 6 oyga qadar davom etishi mumkin. Advokatlar o‘z mijozi uchun uy qamog‘iga olinishini so‘rashdi, ammo sud bu talabni rad etdi. Agarda sud ularni uy qamog‘iga olinishiga ruxsat bersa, aka-ukalar qochib ketishi va Braziliya o‘z fuqarolarini Paragvayga topshirmasligi mumkinligini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldino Braziliya terma jamoasi safida 96 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 33 marotaba ishg‘ol qilgan. 2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiya mezbonlik qilgan jahon chempionatida Ronaldino oltin medalga sazovor bo‘lgan.
LiveBarchasi