Messi nimadan norozi bo‘lmoqda? 

Sport

image

Argentinalik hujumchi va "Barselona" sardori Lionel Messi o‘zining "PSJ"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi shov-shuvlardan norozi. Bu haqda ESPN xabar bergan. 

Fransuz klubining bir necha futbolchilari, jamoaning Bosh murabbiyi Maurisio Pochettino va sport direktori Leonardo argentinalik futbolchining transferi to‘g‘risida bir necha bor bayonot bergan. 

Vaziyatni yaxshi biladigan Ispaniya jamoasidagi manbaning ta’kidlashicha, bu yondashuv noto‘g‘ri bo‘lgan. 

"Ular ushbu strategiyadan foydalanib xato qilmoqda. Leo ommaviy axborot vositalaridagi bunday shovqinlarni yoqtirmaydi, ushbu mavzudagi sharhlar futbolchiga manzur bo‘lmaydi", deyilgan manbada.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing