Messi nega Olimpiadada ishtirok etmayotganiga izoh berdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jurnalistlarning Olimpiadadagi ehtimoliy ishtiroki haqidagi savoliga javob berdi.

“Men murabbiy Xaver Maskerano bilan gaplashdim. Ikkalamiz ham vaziyatni tushundik. Hozirda Olimpiada haqida o‘ylash qiyin, chunki biz Amerika kubogidamiz. Ikki-uch oy ketma-ket klubda bo‘lmayman, bundan tashqari, hamma joyda o‘ynay oladigan yoshda emasman. Ehtiyotkorlik bilan tanlov qilishim kerak va ikkita turnirni ketma-ket o‘ynash ortiqcha bo‘lardi. Men Olimpiya o‘yinlarida qatnashish va g‘alaba qozonish baxtiga muyassar bo‘lganman. Bu futbol darajasida ajoyib tajriba bo‘lgan”, deydi Messi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Lionel Messi 2008 yil Xitoyning Pekin shahri mezbonlik qilgan Olimpiada o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messsi faoliyatini qayerda yakunlashini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing