Messi murabbiylik qilmaydi
Sport
−
01 noyabr
1588“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiylik qilish niyatida emas. Bu haqda u 433 nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin nima qilishni xohlayotganimni bilmayman. Men murabbiy bo‘lishni xohlamayman, lekin hali hammasi aniq emas. Men bugungi kun bilan yashashni yaxshi ko‘radiganlardanman, shuning uchun endi faqat o‘yinlar, mashg‘ulotlar va maydonda o‘zimni ko‘rsatish haqida o‘ylayapman”, deydi Messi.
Ma’lumot uchun, Messi 2023 yildan beri Mayamining “Inter” klubida to‘p suradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Bungacha forvard PSJ va “Barselona”da to‘p surgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr