Messi meni o‘ldirmoqchi edi – Paredes

Sport

image

Argentina terma jamoasi va PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes hujumchi Lionel Messi bilan o‘rtalarida sodir bo‘lgan tortishuv haqida ommaga ma’lum qildi. U bu haqda “Marca” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Paredesning ta’kidlashicha, ushbu voqea Yevropa Chempionlar ligasining 2022-2021 yiligi mavsumi nimchorak finalida PSJning “Barselona”ga qarshi uchrashuvdan keyin sodir bo‘lgan. O‘shanda PSJ “Barsa” ustidan 4:1 hisobida zafar quchgan edi.

“Messining jahli chiqdi. Chunki men sheriklarimga Leo haqida qandaydir qitmir gap aytdim va u buni eshitdi. Albatta, bu gap unga yoqmadi jahli chiqdi va menga qarab yugurib kelayotgan edi. Ishoning, men juda yomon vaziyatda edim. Hattoki Messi meni o‘ldirmoqchi edi. Shunda o‘zimga Paredes bu yerdan hoziroq qochib qol dedim. Ammo shundan so‘ng, Argentina terma jamoasida uchrashdik va u o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutdi. Messi aslida qanday inson ekanligini ko‘rsatdi. Hozir bizning munosabatlarimiz avvalgidek yaxshi deb o‘ylayman. Oramizdagi tushunmovchilikni eslab, ba’zida birgalikda kulishib ham turamiz”, degan Paredes.

Ma’lumot o‘rnida, Messi PSJga 2021 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Parij klubiga qadar Messi butun faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida o‘tkazgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi Paredes

Baholaganlar

734

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing