Messi koronavirusdan tuzaldi va muxlislarga murojaat qildi (foto)

Sport

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislariga murojaat qilib, koronavirusdan tuzalgani haqida gapirdi.

“Hayrli kun! Ma’lumki, menga avvalroq koronavirus tashxisi qo‘yilgan edi va men olgan barcha xabarlar uchun sizga rahmat aytmoqchiman. Haqiqatan ham tiklanishim o‘ylaganimdan ko‘ra ko‘proq vaqt talab qilganini aytmoqchi edim. Hozir men deyarli yaxshiman va maydonga qaytishni intiqlik bilan kutyapman. So‘nggi paytlarda mening maqsadim 100 foiz tayyor bo‘lish edi. Bu yil bizni juda qiziqarli o‘yinlar kutmoqda va umid qilamanki, tez orada ko‘rishamiz”, deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Messi joriy yilning 7 yanvar kuniga qadar mashg‘ulotlarga qaytishi va 10 yanvar kuni “Lion”ga qarshi Fransiya chempionati o‘yinida ishtirok etishi ma’lum qilingan edi. Biroq, unda koronavirusning qaytalanishi kuzatildi.

Ma’lumot uchun, “Real” sobiq darvozaboni Yeji Dudek Lionel Messining “El-Klasiko”dagi xatti-harakatlari uchun uni tanqid qilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Koronavirus Pari Sen-Jermen

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing