Chempionlar ligasining yangi mavsum uchun to‘pi taqdim etildi

Sport

image

UEFA Chempionlar ligasi 2026-2027 yilgi mavsumda ishlatiladigan musobaqaning yangi rasmiy to‘pini taqdim etdi. Yangi dizayndagi to‘p UEFA matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi.

Yangi to‘p turnirning umumiy bosqichi hamda pley-off uchrashuvlarida qo‘llaniladi.

Ertaga, 27 avgust kuni 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’a Monakodagi “Grimaldi Forum”da Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasi finali 2027 yil 5 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahridagi “Metropolitano” stadionida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hisoblanadi. Parijliklar 2025-2026 yilgi mavsum finalida “Arsenal”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing