Messi Xitoyda hibsga olindi

Sport

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Xitoydagi aeroportda hibsga olindi. Bu haqda “K.Sina” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi pasportidagi muammo tufayli Xitoy politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Qayd etilishicha, Messining pasporti bilan bog‘liq muammo 20 daqiqada hal qilingan. Biroq, Messi haqiqatan ham ikki soat hibsga olingan. 

Aniqlanishicha, Messi Pekinga Ispaniya pasporti bilan uchib kelgan. Ma’lumki, Ispaniya fuqarolari Xitoyga kirishi uchun viza olishlari kerak bo‘ladi. Futbolchi Argentina pasportini o‘zi bilan olib ketmagan. Viza bilan bog‘liq masala tufayli Messi ana shunday muammoga duch kelgan.

Bu Messining Xitoyga 2017 yildan beri birinchi marta kelishi bo‘lgan. Mamlakatga avvalgi tashriflarining har birida futbolchining ko‘p sonli muxlislari uni iliq kutib olgan.

15 iyun kuni Argentina terma jamoasi Pekinda Avstraliya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shuning uchun ayni vaqtda Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Xitoyda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing