Messi ikkita o‘yinga safdan chiqdi

Sport

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Inter Mayami” klubi sardori Lionel Messi jamoaning sentyabr oyidagi ikki o‘yinida qatnasha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, argentinalik futbolchi “Inter Mayami”ning 4 sentyabrdagi “Los-Anjeles” va 10 sentyabrdagi “Sporting” bilan bo‘ladigan bahslarini o‘tkazib yuboradi. Bunga forvardning 2026 yilgi Jahon chempionatining saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda qatnashishi uchun Argentina terma jamoasiga chaqirtirilgani sabab bo‘lgan. 

Tarkibida Messi bo‘lgan Argentina milliy terma jamoasi birinchi uchrashuvini 8 sentyabr kuni Ekvadorga, 12 sentyabrda esa Boliviyaga qarshi o‘tkazadi.

36 yoshli futbolchi “Inter Mayami” safiga 17 sentyabr kuni – “Atalanta Yunayted”ga qarshi o‘yingacha qo‘shilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing