Messi faoliyatidagi yettinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi

Sport

image

PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2021 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa uning karerasi davomida qo‘lga kiritgan “Oltin to‘p”lari yettiga yetdi.

“Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijasiga ko‘ra, Lionel Messi 613 ball to‘pladi. 2-o‘rinni 580 ball to‘plagan “Bavariya” forvardi Robert Levandovski egallagan. Oradagi farq – 33 ball.

Avvalroq argentinalik futbolchi 2009, 2010, 2011, 2012, 2015 va 2019 yillarda “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lgan. Argentinalik bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinda. Ikkinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu. U beshta sovringa ega.

34 yoshli forvard o‘n karra Ispaniya chempioni, yetti karra mamlakat kubogi sohibi va sakkiz karra Ispaniya Superkubogi sohibi. U to‘rt marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin to'p Leonel' Messi

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing