Messi bugun PSJ safida debyut qilishi mumkin

Sport

image

Bugun, 29 avgust kuni argentinalik futbolchi Lionel Messi PSJ safida debyut qilishi mumkin. 

Fransiya chempionatining 4-turida Parij klubi safarda “Reyms” bilan bahs olib boradi. Murabbiy Mourisio Pochettino o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tarkibda, bu mavsumda parijliklar safida hali o‘yin o‘tkazmagan Lionel Messi va Neymar ham bor. Shuningdek so‘nggi kunlarda “Real”ga o‘tishi kutilayotgan Kilian Mbappe dastlabki daqiqalardanoq maydonda harakat qilishi kutilmoqda.

“Reyms” – PSJ uchrashuvi bugun, 29 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Biroq, O‘zbekistonda hech bir telekanal o‘yinni namoyish etmaydi.

Ma’lumot uchun, Messi PSJda 30-raqam ostida harakat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Messi Neymar PSJ Mbappe Liga 1

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing