Messi bilan o‘ynashni xohlayman – Abbosbek Fayzullayev
Sport
−
13 may
9033SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “Match TV” telekanaliga bergan intervyusida jahon chempioni Lionel Messi bilan birga o‘ynashni orzu qilishini aytdi.
Dam olish kuni Fayzullayev va armiyachilar darvozaboni Vladimir Shayxutdinov Moskvada bo‘lib o‘tgan VTB Birlashgan Basketbol Ligasi nimchorak finali doirasidagi SSKA va “Zenit” (73:91) o‘rtasidagi o‘yinga bordi. O‘yinda “Vashington Kapitals” bilan Stenli kubogi g‘olibi bo‘lgan xokkeychi Aleksandr Ovechkin ham ishtirok etdi.
O‘sha yerda Fayzullayevga "Aleksandr Ovechkinni ko‘rganmisiz, uning kimligini bilasizmi? Ovechkinning orzusi Maykl Jordan bilan suratga tushish, siznikichi?" degan savollar berildi.
“Ha, Ovechkin afsonaviy xokkeychi, men uni taniyman. Men Messi bilan birga o‘ynashni xohlardim”, deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, Messi 36 yoshda va faoliyatining asosiy qismini “Barselona”da o‘tkazgan. Argentinalik futbolchi 10 marta Ispaniya chempioni, 4 marta Yevropa Chempionlar ligasi, 3 marta UEFA Superkubogi va 3 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. U, shuningdek, PSJ sharafini himoya qildi va o‘tgan yozda hujumchi “Inter Mayami”ga o‘tdi. Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p”ning sakkiz karra g‘olibi hisoblanadi.