Messi bilan uchrashish qanchaga tushadi?

Sport

image

“Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2025 yil dekabr oyida Hindistonga uzoq kutilgan tashrifni rejalashtirmoqda. Tashkilotchilar muxlislar uchun Messi bilan uchrashish va birga suratga tushish imkoniyatini o‘z ichiga olgan maxsus paketlar tayyorlagan. Bu haqda NDTV Profit xabar berdi.


Safari doirasida Messi Kalkutta, Mumbay va Nyu-Dehliga tashrif buyuradi, to‘rtinchi shahar esa hali muhokama qilinmoqda. Tashkilotchilar ushbu safari davomida futbol, madaniyat va o‘yin-kulgini birlashtirgan noyob muxlislar tajribasini va’da qilgan. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibini kutib olishni xohlovchilar uchun sayohatchilar soniga qarab turpaketlar yaratilgan. 

Argentinalik futbolchi bilan uchrashish uchun bitta muxlis 11 ming dollar, to‘rt kishilik oila 28 ming dollar, 10 kishidan iborat guruh esa 107 ming dollar to‘laydi.

Paketga Messi bilan uchrashuv, suratga tushish, imzo qo‘yilgan Argentina terma jamoasi libosi, kechki ovqat va hujumchining penaltilar seriyasini tomosha qilish kiradi.

Messining bu safari uchun nafaqat o‘yin maydonidagi faoliyatini namoyish etish, balki global ramz, futbolchi va elchi sifatida ham muhim voqea hisoblanadi. Oxirgi marta Messi Hindistonga 2011 yil Argentina – Venesuela o‘rtoqlik uchrashuvi uchun tashrif buyurgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta klub afsonasi Lionel Messining haykali yaqinda qayta ochiladigan “Kamp Nou” tashqarisida o‘rnatilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi 11 ming dollar turpaket

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing