Messi “Barselona” safida ilk marta qizil kartochka oldi
Sport
−
18 yanvar 2021
8168“Barcyelona” Ispaniya Superkubogining final bahsini “Atletik Bilbao”ga 2:3 hisobida boy berdi. O‘yinning 121 daqiqasida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi raqib jamoa forvardi Asera Vilyalibrega nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun uchrashuvni boshqarib borgan hakam Xesus Xil Mansano tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Qayd etish kerakki, Lionel Messi “Barselona” safida 753 ta uchrashuvda maydonga tushib, klub safida 61 360 daqiqa harakat qilgan. Messi Shu vaqt davomida birinchi marotaba qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi.
Messi sees red for an off-the-ball swing. pic.twitter.com/PAW8cm95OR
— ESPN FC (@ESPNFC) January 17, 2021
“120-daqiqada Lionel Andres Messi Kuchchittini raqibini haddan tashqari kuch bilan urgani uchun maydondan chetlatildi, vaholanki to‘p ularning atrofida emas edi”, deya tushuntirish berdi o‘yinni boshqarib borgan hakam Xesus Xil Mansano.
Ma’lumot o‘rnida, 2:3 hisobida yakunlangan “Barselona” va “Atletik Bilbao” bahsida “ko‘k-anor ranglilar”dan Antuan Grizmann dubl qayd etgan bo‘lsa, “Atletik”dan Oskar de Markos, Aser Vilyarible va Inyanki Uilyams bittadan golga mualliflik qildi.