Messi AQSHning eng mashhur sportchisiga aylandi

Sport

image

Amerikaning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi AQSHning eng mashhur sportchisiga aylandi. Bu haqda Server hisobot xizmatlari (SSRS)ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Amerikada eng mashhur sportchini aniqlash uchun maxsus so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomada 12 yosh va undan katta yoshdagi amerikalik sport ishqibozlari ishtirok etgan. Natijalarga ko‘ra, Messi 21,3 foiz ovoz to‘plab, bu borada portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgan.

Qayd etilishicha, Messi bunday so‘rovnomada tarixda birinchi marta g‘olib bo‘lgan. Argentinalik hujumchidan oldin bu reytingda 1-o‘rinni basketbolchi Maykl Jordan egallagan.

Ma’lumot uchun, Messi o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing