Messi aeroportda kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tdi (video)
Sport
−
02 iyul 2161 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi futbolchilari, jumladan, jamoa sardori Lionel Messi Jahon chempionati 1/16 final bahsi uchun parvoz oldidan aeroportda kuchaytirilgan xavfsizlik tekshiruvidan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Josh Chavis ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, xavfsizlik choralari kuchaytirilganiga qaramay, argentinalik futbolchilarning kayfiyati yuqori bo‘lgan. Ular metall detektor orqali kulgan holda o‘tib, yaxshi kayfiyatda ekani bilan e’tiborni tortgan.
Argentina terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida joriy yilning 4 iyul kuni Mayami shahrida Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Jahon chempionati oldidan kuchli xavflik tekshiruvidan o‘tgan edi. Shundan so‘ng Portugaliya terma jamoasi ham kuchli tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Live
Barchasi