O‘zbekistonga qarshi o‘yindan so‘ng Ronaldu aeroportda jiddiy tekshirildi (video)
Sport
−
25 iyun 6126 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan so‘ng Xyuston aeroportida jiddiy xavfsizlik tekshiruvidan o‘tdi.
Xavfsizlik xizmati xodimlari Ronaldudan tekshiruv uchun sumkasini olib qo‘yishni so‘ra. Bu 41 yoshli hujumchini hayratga solgan. U hazil tariqasida qimmatbaho ko‘zoynagini ham yechishi kerakmi, deya ishora qilgan. Shunga qaramay, xavfsizlik xodimlari tekshiruvni davom ettirgan.
Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston bilan uchrashuvdan so‘ng joriy yilning 28 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuv uchun Mayami shahriga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi ayni paytda “K” guruhida 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam Kolumbiya hisobida esa 6 ochko bor. Guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliya O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etdi. Shu tariqa u Jahon chempionatlarida Portugaliya terma jamoasi safida 10 ta gol urib, Eysebiuning 9 gollik rekordini ortda qoldirdi.
Live
Barchasi