Messi 2020 yilning eng yaxshisi bo‘ldi

Sport

image

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi ESPN'ga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi forvardi bo‘ldi

Kuchli yuzlikning ikkinchi pog‘onasidan "Pari Sen-Jermen" futbolchisi Kilian Mbappe joy egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin "Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronalduga nasib etdi. 

Shuningdek, kuchli o‘nlikka Neymar ("PSJ"), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Per-Emerik Obameyang ("Arsenal"), Son Xin Min ("Tottenxem"), Paulo Dibala ("Yuventus"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted") va Yosip Ilichich ("Atalanta") kirgan. 

Ma’lumot uchun, Messi o‘tgan mavsumda 44 ta uchrashuvda qatnashgan va 31 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Golden Foot-2020 mukofoti g‘olibi bo‘lgandi


Maqola muallifi

Teglar

2020 MESSI

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing