Ronaldu Golden Foot-2020 sovrindori bo‘ldi
Sport
−
03 dekabr 2020 7202 1 daqiqa
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Golden Foot-2020 mukofoti g‘olibi bo‘ldi.
Mukofot sovrindori butun dunyodagi muxlislar o‘rtasida ovoz berish natijalari asosida aniqlanadi.
Golden Foot mukofoti 28 yoshdan katta futbolchilarga topshiriladi. 35 yoshli Ronaldu ushbu sovrinni olgan birinchi portugaliyalik bo‘ldi.
Da’vogarlar orasidan, shuningdek, Lionel Messi ("Barselona"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Serxio Ramos ("Real"), Arturo Vidal ("Inter"), Jerar Pike ("Barselona"), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Neymar (PSJ), Serxio Aguero ("Manchester Siti") va Jorjo Kellini ("Yuventus") ham joy olgan edi.
"Yuventus" Prezidenti Andera Anelli esa bu yil birinchi bor topshirilgan Golden Foot Prestige unvonini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi