Merosxo‘r izlash kerakmas – Putin yana prezidentlikka nomzod bo‘lmoqchi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirish kiritilsa, yana davlat rahbari lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkinligini, ammo hali yakuniy qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi

“Agar Konstitutsiyada mumkin bo‘lsa, nomzod bo‘lish ehtimolini inkor qilmayman. O‘shanda ma’lum bo‘ladi", degan u “Rossiya 1” telekanalida namoyish qilingan “Rossiya. Kreml. Putin” hujjatli filmida.

Putin o‘zi uchun hali aniq qarorga kelmaganini qo‘shimcha qildi.

RF Prezidenti unga qayta saylanish imkonini beruvchi o‘zgartirish Konstitutsiyaga kiritilmasa, 1-2 yildan keyin normal ish tartibi izdan chiqib, hamma merosxo‘r izlashga tushishini ta’kidlab o‘tdi.

“Merosxo‘r izlash emas, ishlash kerak”, dedi u.

Putin amaldagi hukmron doira Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib, mutlaqo to‘g‘ri ish qilayotganiga urg‘u berdi.

Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha umumrossiya ovoz berishi 1 iyul kuni o‘tkaziladi. Ammo amalda ovoz berish 25 iyundan 1 iyulgacha davom etadi. Dastlabki 6 kunda Moskva va Nijegorod viloyatida elektron ovoz berish o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin saylov

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing