Merkel lavozimidan ketganidan so‘ng nima qilmoqchi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya kansleri Angela Merkel lavozimidan ketganidan keyin nima qilishi mumkinligi haqida o‘ylash uchun vaqt topolmayapti. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qilgan.  

"Pandemiya paytida ish mendan ko‘p narsani talab qilyapti, shuning uchun keyin nima qilishim haqida o‘ylashga vaqt yo‘q. Nafaqaga chiqqanimdan keyin ozgina uxlayman, tabiatda sayr qilaman va aniq nima qilishni xohlayotganim haqida o‘ylayman. Men buni orziqib kutyapman, ammo hozircha o‘z ishimni bajarishdan mamnunman", deya ta’kidlagan u. 

Xabarga ko‘ra, kanslerning javobi hali nafaqaga chiqish to‘g‘risida gap yo‘qligini anglatadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Germaniya Federativ Respublikasi amaldagi kanslerining vakolat muddati joriy yilda tugaydi. 2005 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgan Merkel ushbu lavozim uchun navbatdagi saylovlarda qatnashmasligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Merkel'

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing