Merkel koronavirusga test topshirdi. Natijalar ma’lum

Olam

image

22 mart kuni uy karantiniga olingan Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel koronavirus infeksiyasiga test topshirdi. Natijalar esa salbiy. Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasi rasmiysi Shteffen Zaybert ma’lum qilgan.

Hozircha unda koronavirus aniqlanmadi, biroq u yana takroriy test topshiradi. Takroriy testga qadar kansler karantinda qolishda davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftaning juma kuni kansler Angela Merkelni emlab qo‘ygan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu xabarni eshitgan Merkel 22 mart kuni idorasidan uy karatiniga jo‘nadi. 

Merkel uy karantinida bo‘lgan holda kanslerlik vakolatlarini o‘zida saqlab qolib, faoliyatini masofaviy davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Angela Merkel' koronavirus

Baholaganlar

751

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing