Merkel Germaniya kansleri sifatida so‘nggi marotaba so‘zga chiqqanini ochiqladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya rahbari Angela Merkel Hannover Messe xalqaro sanoat ko‘rgazma-yarmarkasi ochilishida Germaniya kansleri sifatida so‘nggi marotaba so‘zga chiqqanini ma’lum qildi.  

"Pandemiya, afsuski, hammamizdan ko‘proq cheklanish va sabr-toqat talab qiladi, ammo shuni aytmoqchimanki, men bugun barchangizni Gannoverda kutib olishni juda xohlardim, chunki bu mening Hannover Messe'da Germaniya kansleri sifatidagi so‘nggi nutqim", degan Merkel. 

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya kansleri sifatida xalqaro mehmonlarga ko‘rgazmani ochish uning uchun katta sharaf edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Hannover Messe savdo ko‘rgazmasi kecha, 12 aprelda onlayn tarzda boshlandi. Merkel Germaniya kansleri sifatida bir necha bor Hannover Messe'da qatnashgan va nutq so‘zlagan. 

Merkel 2005 yildan buyon Germaniya kansleri lavozimida faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Merkel'

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing