Merkel Baydenning qo‘ng‘irog‘ini rad etgan – OAV

Olam

image

Jo Bayden 2021 yil yanvar oyida AQSH Prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng, telefon orqali birinchi bo‘lib Germaniya kansleri Angela Merkel bilan gaplashishni xohlagan. Merkel esa telefon qo‘ng‘irog‘ini rad etgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar bermoqda. 

Jo Bayden 20 yanvar kuni AQSH Prezidenti lavozimiga kirishgan. 

“Yanvar oyida Oq uyga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, Prezident Bayden chet el rahbariga birinchi qo‘ng‘irog‘i Angela Merkelga bo‘lishiga qaror qildi, bu Tramp (AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp — tahr.) davrining beqarorligidan keyin transatlantik barqarorlikka qaytishdan darak berardi. Germaniya kanslerining esa boshqa rejalari bor edi. U juma kuni (22 yanvar — tahr.) tushdan keyin qo‘ng‘iroq qilish taklifini rad etdi, chunki u Berlindagi uyiga jo‘nab ketishi kerak edi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Merkel Amerika tomonining ramziy harakatlarini noo‘rin deb rad etib, yordamchilaridan boshqa uchrashuvni rejalashtirishni so‘ragan. Natijada, suhbat 25 yanvar kuni, kansler ishga qaytganida amalga oshirilgan.  Bayden qo‘ng‘iroq qilgan birinchi odam esa Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bo‘lgan. AQSH Prezidenti 23 yanvar kuni u bilan gaplashgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Angela Merkel joriy yilning 26 sentyabriga belgilangan umumiy saylovlardan so‘ng, 2005 yildan buyon egallab turgan Germaniya kansleri lavozimini tark etadi. Chunki u ushbu saylovda o‘z nomzodini ilgari surmasdan, siyosatdan ketish niyati borligini aytgan.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Xitoy raisi Si Szinpinga sammit o‘tkazishni taklif qilgani, ammo Xitoy rahbari buni rad etgani aytilgandi. Baydenning o‘zi esa bu xabarni noto‘g‘ri degandi.


Maqola muallifi

Teglar

Merkel' Bayden

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing