“Mening kimligimni - el bilsa bo‘ldi...” – Sayyora Xo‘jayeva rus tili to‘g‘risidagi murojaatnomada ismi keltirilganiga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalib, barchaning munozara va muhokama mavzusiga aylangan O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomini berish masalasi bo‘yicha Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayeva munosabat bildirdi. Aniqrog‘i, uning bunday taklif bildirilishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytib o‘tdi.

"Qadrli do‘stlar!

Aloqam bo‘lmagan narsaga javob yozishni o‘zimga ep ko‘rmagan edim. Ammo, yemagan somsaga pul tulashni ham, xohlamayman.

Shu kunlarda, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan til masalasidagi murojaatnomaga oid bahs-munozararlarga mening aloqam yo‘qligi to‘g‘risida, oydinlik kiritishni lozim deb hisoblayman. Shuning uchun, bo‘lgan voqeani boshidan batafsilroq yozishga qaror qildim.

Shu yil 2 may menga, jurnalist-bloger Ali Kahhorov telefon qilib, rus tili bo‘yicha murojaatnomaga qo‘l qo‘yibsiz deb, shu bo‘yicha intervyu olmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Men taajublandim, hayron qolib, qanaqa murojaatnoma, qachon chiqqanligini va zudlik bilan, menga yuborishini iltimos qildim. U buni tasdiqlashi mumkin.

30 aprel kuni "Vesti.uz" saytida chiqqan murojatnomani qo‘rib, men darhol ushbu sayt raxbarini kimligini va telefonlarini qidirishga tushdim va A.V.Berezovskiy ekanligini aniqlab, ulardan, men bu hujjatni yozmaganligimni, tayyorlashda ishtirok etmaganimni va qo‘l qo‘ymaganligim sababli, murojaatchilar safidan, mening familiyamni olib tashlashni talab qildim. A.V.Berezovskiy ham buni tasdiqlay oladi. Shunday qilib, mening familiyam, mening talabimga ko‘ra olib tashlandi.

Bundan 3 oycha oldin jurnalist A.M.Xodjayev, rus tilini ahamiyati hakida fikr so‘ragan edi. Tilni bilish insonni o‘zi uchun, dunyoqarashni kengaytirish va o‘z huquqlarini qayerga borganda ham, himoya qilish uchun, muhim vosita degan fikrimni doimo aytib kelganman. Bu gapimdan tonmayman, chunki, bu fikrim faqat rus tiligagina taalluqli emas. Meni fikrimni boshqacha talqin qilib, o‘z mulohazalarini bildirgan inson uchun, men javob bermayman. 

Shunday qilib, bu murojaatnomani guyoki, men ham yozgandek tuxmatlarga qolib ketdim va menga fikr bildirayotganlar, mening sha’nimga bo‘lmag‘ur fikrlar bayon qilmoqdalar. Mening sha’nimga aytilayotgan bo‘lmag‘ur, noloyiq mulohazalarni bildirayotgan shaxslar, voqeani tuzukroq va chuqqurroq o‘rgansalar, o‘z obro‘larini bunchalik to‘kmagan bo‘lar edilar.

To‘g‘ri, juda qo‘p xalq orasida bo‘laman, dangalchi, to‘g‘riso‘zman, bu esa ayniqsa ayrim mansabdorlarga yoqavermaydi, lekin men islohotlarga ichim kuyganidan, xalqimiz va yurtimiz ravnaqiga befarq bo‘lmaganim uchun shunday yul tutaman va ahvolni, qaysi lavozimda bo‘lishimdan qat’iy nazar, tuzatishga harakat qilaman.

Ongli hayotim davomida shu xalqqa hizmat qilishni o‘zimga faxr deb bildim. Buni men ishlagan va rahbar bo‘lgan joylardagi xalqdan so‘rang!

Boshqacha qilib aytganda: “Mening kimligimni - el bilsa bo‘ldi...”, deb yozgan Sayyora Xo‘jayeva Facebook'dagi sahifasida.
 


Maqola muallifi

Teglar

rus tili rasmiy til Sayyora Xo'jaeva

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing