Meni ikkinchi muddatga saylanishimga Xitoy to‘sqinlik qilmoqda – Tramp

Olam

image
Obama, Klinton va Sanders keyingi yil Tramp Prezident bo‘lishini xohlamaydi north_east

Obama, Klinton va Sanders keyingi yil Tramp Prezident bo‘lishini xohlamaydi

AQSH Prezidenti Donald Trampning fikricha, Xitoy yangi pandemiyani uning ikkinchi muddatga saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshlagan. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni “Reuters” agentligi xabar qildi.

“Xitoy men bu saylovda yutqazishim uchun hamma narsani qilishga tayyor. Ular doimiy ravishda o‘zlarini aybsizdek tutadi“, deydi Tramp.

Shu bilan birga, Tramp Xitoyni koronavirus pandemiyasining barcha holatlari oshkor qilinmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi bilan qo‘rqitdi. Tramp bir necha kun oldin Xitoydan olgan qarzlarini qaytarmaslik bilan tahdid ham qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp Xitoyni koronavirus xavfini erta oldini olmaganlikda va ma’lumotlarni yashirayotganlikda ayblamoqda. Shuningdek, Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xitoyga bu ishda ko‘maklashganida va pandemiya xavfidan erta ogohlantirmaganlikda ayblab uni moliyalashtirishni to‘xtatdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 064 572 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 147 411 nafari sog‘aygan, 61 669 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 855 492 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy

Baholaganlar

298

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing