Obama, Klinton va Sanders keyingi yil Tramp Prezident bo‘lishini xohlamaydi
Olam
−
29 aprel 2020 6056 1 daqiqa
Sobiq AQSH prezidentligiga nomzod va AQSH davlat kotibi Hillari Klinton 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi mamlakat Prezidenti Donald Tramp g‘olib bo‘lishini xohlamaydi. Klinton xonim saylovlarda nomzod Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Klinton koronavirus inqirozining ayollarga ta’siriga bag‘ishlangan ochiq onlayn yig‘ilishda saylovda kimni qo‘llab-quvvatlashini rasman e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u nafaqat Baydenni Prezident sifatida qo‘llab-quvvatlaydi, balki unga ushbu prezidentlik saylovida muhim masalalarda kurashishda yordam beradi.
U ushbu nomzodlikni qo‘llab-quvvatlagan bir qator demokratik siyosatchilardan biri bo‘ldi. Ilgari AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lgan senator Elizabet Uorren joriy yilning 15 aprel kuni Baydenni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Shuningdek, 14 aprel kuni senator Berni Sanders, bir necha oy avvalgi o‘zining sobiq raqibi Baydenni qo‘llab-quvvatlayotganini e’lon qildi. Bundan tashqari AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama ham Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlagan.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Baydenning reytingi amaldagi Prezidentnikidan yuqori. Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi unga ovoz berishga tayyor. Uning saylovoldi kampaniyasi jinsiy zo‘ravonlik haqidagi ayblovlar fonida o‘tmoqda. Baydenning sobiq yordamchilari uning nomaqbul xatti-harakatlar qilgani ustidan da’vo qilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr