Tramp o‘ziga ikkinchi marta saylanish imkoniyatini kafolatladi

Olam

image

Kecha, 17 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp rasman o‘zining qayta saylanishi uchun imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Agentlik Respublikachilar partiyasining Florida va Illinoysdagi dastlabki saylov natijalariga ko‘ra shunday xulosaga kelgan. Tramp ushbu ikki shtatdagi dastlabki saylovda ishonchli g‘alabaga erishgan. Shu tariqa prezidentlik saylovida Respublikachilardan nomzod bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, umumiy prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Tramp shtatlarda 1276 nafar delegatning ovozini to‘plashi kerak. U Illinoysdagi dastlabki saylovdan keyin yetarlicha delegat ovozini to‘plagan.

AQSHda umumiy prezidentlik saylovi joriy yilning 3 noyabrida o‘tkaziladi. Unda amaldagi Prezident Donald Trampga Demokratlar partiyasidan sobiq vitse-prezident Jo Bayden raqobatchi bo‘lishi taxmin qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp saylov

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing