Menga to‘rtta kamar kerak – Isroil Madrimov

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi jang qilib, 5-raundda raqibini texnik nokautga uchratgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov jangdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men buni anchadan buyon kutayotgandim. 2018 yil profboksda debyut qilganimdan shu kamarga ega chiqishni istaganman. Endi bu kamar meniki. Chempionlik kamari O‘zbekistonga boradi”, deydi Madrimov.

Shuningdek, 29 yoshli bokschi kelgusi ehtimoliy janglariga oid savollarga javob berdi.

“Bu mening birinchi kamarim. Menga to‘rtta kamar kerak. Bugungi natija uchun anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rayotgan edim. Raqibim kim bo‘lishining farqi yo‘q. Kim chempion bo‘lmoqchi bo‘lsa, men ularning har biri bilan jang qilaman”, deya qo‘shimcha qildi bokschi.

Qurbonovga qarshi jangda Madrimov profringdagi 10-g‘alabasini tantana qildi. Endi o‘zbekistonlik bokschi keyingi janglarida Jermell Charlo, Tim Szyu yoki Kit Turman kabi nomdor raqiblar bilan to‘qnash kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing