Men yangi bosqichga ko‘tarildim – Levandovski rekordi haqida

Sport

image

Joriy yilda gol urish bo‘yicha Bundesligada 43 ta gol evaziga rekord o‘rnatib, afsonaviy Gerd Myullerning natijasini yangilagan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men Gerd Myullerning rekordini yangilaganimdan juda xursandman va bu bilan faxrlanaman. Shaxsan men uchun oson o‘yin bo‘lmadi. Bo‘sh hudud yo‘q edi, “Volfsburg” juda qattiq himoyalandi. Men yangi bosqichga ko‘tarildim. Tuyg‘ularga to‘la notinch yillar ortda qoldi. Endi oilam va do‘stlarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazmoqchiman. Biz yangi yilga yaxshi atmosfera bilan kirishimiz kerak”, deydi Levandovski.

Eslatib o‘tamiz, “France Football” jurnali bosh muharriri Paskal Ferret nashr 2020 yilgi “Oltin to‘p” marosimini bekor qilish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishi va sovrinni “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga topshirishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, kecha, 17 dekabr kuni Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya chempionatining 17-turida “Volfsburg”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi va qishki ta’tilga chempion sifatida yo‘l oldi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Levandovski Gerd Myuller “France Football”

Baholaganlar

10

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing